avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Tilabov Alimardon Qodirovich

Мақолалар

Mening bobom buvim mahallamiz fahri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Yurtboshimiz mustaqillikka yo'l ochgani sayin yosh-u qarilarga e'tibor ko'payaverdi. 
Islom Karimov borligi uchun yurtimiz tinch osoyishta. Bundan uzoq  yillar oldin sobiq SSSR ga qaram bo'lganmiz. Biz mustaqillikka erishgandan so'z erkinligimizga ega bo'ldik. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Respublikamizning chekka-chekka hududlariga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bino va inshoatlar, uylar barpo etilmoqda. Jumladan:  kollej, maktab, sport maydonchalari, turli hil tashkilotlar va hokazo. Yurtimizda  nafaqat bunyodkorlik ishlari balki boshqa sohalarga, aholi turmush tarzi, yashash sharoitiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Buning isboti tariqasida bu yil muhtaram Prezidentimizning «2015-yil Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilganliklarini misolda ko'rishimiz mumkin. Shu yil munosabati bilan joylarda keksa nuroniylar, onaxonlarga yordam ko'rsatib ularning holidan habar olish, ularga moddiy va ma'naviy ko'maklashish rejalashtirilgan va rejadagi barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Bizning  mahallamizda keksa otaxon va onaxonlarimiz juda ko'p. Ularning orasida front ortida urushga qatnashgan Oltmishev Sherqul Hoji otamiz ham bor. Biz maktab o'quvchilari ularning uylariga tez -tez habar olgani boramiz. Ular bizga boshidan o'tgan barcha voqealarni, urush davridagi insonlarning ayanchli ahvolini gapirib berganlarida biz tinch va osoyishta diyorda yashayotganligimizga shukronalar keltiramiz.  Men  erkin va ozod yurt farzandi ekanligimdan, hur diyorda yashayotganligimdan fahrlanaman.